Samarqand viloyati
Samarqand viloyati — Oʻzbekiston Respublikasida birinchi tashkil boʻlgan viloyatlardan hisoblanadi. U 1938-yil 15 yanvarda tashkil topgan. Ushbu viloyat respublika hududining markaziy qismida, Zarafshon daryosining oʻrta oqimi havzasida joylashgan. Uning chegaralari gʻarb va shimoli-gʻarbda Navoiy viloyati, shimol va shimoli- sharqda Jizzax va janubda Qashqadaryo viloyatlari, janubi-sharqda Tojikiston bilan tutash.
Viloyatning markaziy qismi goʻzal vohadan iborat boʻlib, bu voha uncha keng boʻlmay sharqdan-gʻarbga tomon Zarafshon va Turkiston togʻ tizmalari orasini egallagan. Viloyatning asosiy sugʻoriladigan yerlari xuddi ana shu maydonlarni egallagan. Aholi soni—2016-yil 1 yanvar holatidagi doimiy aholi soni 3 million 590 ming kishi (oʻrtacha aholi 3mln 596,6 kishi).Bu jihatidan Samarqand viloyati respublikada birinchi oʻrinda va respublika aholisining 11.4 foizini tashkil etadi.
Viloyat hududi 16,8 ming km² Samarqand viloyati qishloq tumanlari soni boʻyicha Qoraqolpogʻiston Respublikasi va viloyatlar orasida birinchi oʻrinni egalaydi. Bu viloyatda bunday tumanlar soni 16 ta. Ular quyidagilar: Bulungʻur, Jomboy, Ishtixon, Kattaqoʻrgʻon, Narpay, Nurobod, Oqdaryo, Payariq, Pastdargʻom, Paxtachi, Samarqand, Toyloq, Urgut, va Qoʻshrabot tumanlari. Shaharlar soni 2 ta, bular (Samarqand va Kattaqoʻrgʻon. Koʻhna, noyob tarixiy obidalarga boy boʻlgan Samarqand shahri viloyatning markaziy shahri boʻlib, u 1924–1930-yillarda Oʻzbekiston poytaxti vazifasini bajargan.