Xorazm viloyati
Xorazm viloyati — Oʻzbekiston Respublikasi tarkibidagi viloyat. 1925-yil fevraldan 1938-yil yanvargacha Xorazm okrugi. 1938-yil 15-yanvarda tashkil etilgan. Umumiy maydoni — 6 300 kvadrat kilometr. Iqlimi kontinental, oʻrtamiyona sovuq qish va quruq issiq yoz boʻladi. Viloyat aholisi 1 810 000 kishi, zero, taxminan 80 foizi chet (qishloq) joylarda yashaydi. Viloyat 10 ta maʼmuriy tumanga ajratilgan, maʼmuriy markazi Urganch. Urganch aholisi 135 000 kishi. Viloyatning boshqa katta shaharlari — Xiva va Pitnak.
Viloyatda 32 ta xorijiy investitsiyali qoʻshma korxona faoliyat yuritadi. Ular byudjeti 1997-yilda 301,7 million AQSh dollarini tashkil etdi. Viloyat iqtisodiyoti paxtani qayta ishlash va oziq-ovqat sanoatiga asoslangan. Koʻp sonli paxta tozalash zavodlari, neft qazib oladigan va ipak yigiradigan fabrilar, toʻqimachilik va vinochilik korxonalari va hokazo bor. Shuningdek qurilish materiallarini ishlab chiqarish taraqqiy etgan. Xiva gilam fabrikasida tayyorlangan gilamlar butun dunyoga mashhur.
Qadimda Xorazmda yashovchi oʻzbeklar qabilalari bir necha etnik guruhlar boʻlib, ular Abulgʻoziy Bahodirxon (1643-64) tomonidan 4 guruh (toʻp)ga boʻlingan. Har bir guruhga 2 qabila (1 guruhga uygʻur va nayman, 2 siga qoʻngʻirot va qiyot, 3siga nukuz va mangʻit, 4siga qangʻli va qipchoqlar) birlashtirilgan. Shuningdek, bir necha qabila qoldiqlari (jaloyir, kenagas, doʻrmon, yuz, ming, shix, katagon) va ayrim etnik guruxlar (alieli, xoʻjaeli va. sayidlar) mavjud boʻlgan. Amudaryodan suv oladigan kanallar va sugʻoriladigan yerlarning katta qismi shu qabila va urugʻlarga taqsimlab berilgan va ular astasekin oʻtroqlashib, dehqonchilik bilan shugʻullanganlar. Qolgan guruxlar Xorazmda juda kam boʻlib (bular qoʻngʻirotlar va boshqalar) viloyatning Gurlan va Shovot tumanlari, mangʻitlar Gurlan tumani va Shovot tumani (AnbarManaq)da, qiyotlar Shovot tumanida, qipchoqlar Urganch, Shovot va Qoʻshkoʻpir tumanlari, doʻrmonlar Urganch va Shovot (Anbar Manaq) tumanlarida, xidireli Urganch va Xivada, tama Xonqa va Bogʻot tumanlarida joylashgan.